Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida kelin va qaynotaning janjali ayanchli tugadi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
28-fevral kuni soat 14.00 larda shaharning “Guliston” mahallasi, Mirishkor ko‘chasida yashovchi uy bekasi, 1987-yilda tug‘ilgan U. Xalilova qaynotasi, 1961-yilda tug‘ilgan A.Karimqulov bilan mojaroga boradi. O‘zini tutib turolmagan kelin qaynotaning ko‘ksiga pichoq urib, jarohat yetkazdi.
A. Karimqulov kasalxonaga yotqizildi. U. Xalilova qo‘lga olindi.
Izoh (0)