O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-mart kuni Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh ayol-qizlarni mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Mukofotlanganlar orasida Navoiy viloyati Konimex tumani xalq ta’limi bo‘limi mutaxassisi, tuman qozoq milliy madaniy markazi raisi Akshagul Tulegenova ham bor — u “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.
Akshagul Tulegenova 2-mart kuni, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida Tomdi tumanida o‘tkazgan uchrashuvida, Prezidentga atab yozgan “Xalqim, quvon” she’rini o‘qib bergan edi.
Izoh (0)