Xalqaro kosmik stansiyada jamoaviy badminton o‘ynash xalqaro ekipajni uyushtirishning eng yaxshi usullaridan biri hisoblanadi, deb ma’lum qildi 28-fevralda kosmosdan Yerga qaytgan rossiyalik kosmonavt Aleksandr Misurkin. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Kosmonavtning hikoya qilishicha, 2018-yilning 1-yanvarida XKSda jamoaviy kosmik sport erasi boshlangan. Era sportning badminton turi bilan boshlandi. Kosmonavt mazkur sport turining muxlisi bo‘lgani uchun badminton to‘pining vaznsizllik holatida qanday harakatlanishini ko‘rish uning uchun juda qiziq bo‘lgan.