AQShning sharqiy qirg‘og‘iga yopirilgan “Rayli” to‘foni oqibatida 2,2 million odam elektr energiyasisiz qoldi. Bu haqda ABC News’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, tabiiy ofat AQShning 15 ta shtatiga yopirilgan. Kuchli shamol va yog‘ingarchiliklar oqibatida avariyalar soni oshib ketgan. To‘fon sababli kamida bir kishi halok bo‘lgani aytilmoqda, uning ustida daraxt qulab tushgan.
Bundan tashqari, samolyotlarning harakatini kuzatish bilan shug‘ullanuvchi FlightAware kompaniyasi o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilishicha, 2883 ta aviareys bekor qilingan.
Izoh (0)