Kolumbiyalik xonanda Shakira Ispaniya soliq xizmati tomonidan 25 million dollar jarimaga tortildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
The Daily Mail nashriga ko‘ra, Shakira mazkur summani to‘lab bo‘lgan. Aks holda unga qamoq muddati berilishi mumkin edi.
Xonanda 25 million dollar to‘lab, 2011—2014-yillar uchun soliqdan qarzdorlikni so‘ndirganligi bildirilmoqda. Uning o‘zi 2011-yil uchun soliqlarni to‘lashga rozi, biroq qolgan uch yil bo‘yicha chiqarilgan qaror ustidan shikoyat keltirish niyatida.
Shakira buni ushbu yillarda Ispaniyada 183 kundan oshiq bo‘lmagan muddat yashagani (bundan ko‘p vaqt istiqomat qilgan taqdirda soliq to‘lovchi hisoblanadi) bilan izohlamoqda.
Izoh (0)