AQSh prezidenti Donald Tramp Butunjahon savdo tashkilotini “fojia” deb atadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Tramp tuzilma AQShning ishbilarmonlik faoliyatiga to‘sqinlik qiladi deb hisoblashini bildirdi.
Mamlakat metallurgiyasini rivojlantirish haqida gapirarkan, prezident po‘lat quyish sanoati gigantlarini mamlakatga qaytarish uchun tegishli qadamlar tashlash, jumladan, qulay tariflar joriy etish lozimligini ta’kidladi.
Izoh (0)