30 dan ortiq Niderlandiya kompaniyalarining 50 ga yaqin vakillari Agro World Uzbekistan 2018 13-xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Mart oyi o‘rtalarida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan mazkur tadbirda ko‘pchilik Niderlandiya kompaniyalari o‘z stendlarini taqdim etishi kutilmoqda.
O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasi va Niderlandiyaning mamlakatdagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu kompaniyalarning aksariyati meva va sabzavot sektorida, jumladan, issiqxonalar va kartoshka yetishtirish segmentida faol ish olib borsa, boshqa bir qismi chorvachilik, xususan sut mahsulotlari ishlab chiqarish va parrandachilik bilan shug‘ullanadi.
Agrar soha O‘zbekiston–Niderlandiya hamkorligining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Qayd etilganidek, Niderlandiya O‘zbekiston davlat tuzilmalari, tadqiqot institutlari, xususiy sektor bilan birgalikda hamda xalqaro moliya institutlari ko‘magida mamlakatda meva-sabzavot va chorvachilik sohalarini ya’nada rivojlanishiga katta hissa qo‘shish salohiyatiga ega.
Izoh (0)