Indoneziyaning Buru orolidan shimolroqda 6,1 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda AQSh geologiya xizmati ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Silkinishlar Maluku viloyatida qayd etildi. Zilzila o‘chog‘i 12 kilometr chuqurlikdan o‘tgan.
Qurbonlar va vayronaliklar haqida ma’lumot yo‘q. Sunami tahdidi e’lon qilinmadi.
Izoh (0)