Rossiyaning “AvtoVAZ” avtomobilsoz kompaniyasining sobiq bosh konstruktori Georgiy Mirzoyev 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
U 1976–1998-yillarda tashkilotda bosh konstruktor bo‘lib ishlagan. Uning rahbari ostida “VAZ-2108”, shuningdek, “Niva” va boshqa mashhur sovet avtomobillari ishlab chiqilgan.
Oxirgi yillarda Mirzoyev muqobil yoqilg‘ida yuruvchi avtomobillar ustida ishlayotgan edi.
Texnika fanlar nomzodi, professor Mirzoyev, shuningdek, avtomobilsozlik bo‘yicha bir qancha ilmiy ishlar muallifi hamdir.
Izoh (0)