Sibir federal okrugida joylashgan shaharlarda 2017-yil bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan yangi avtomobillar miqdori ma’lum bo‘ldi, deb xabar berdi “Ksonline.ru”.
So‘nggi 12 oy natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning Ravon brendiga mansub avtomobillari boshqalarga qaraganda ko‘proq sotilgan (+333 foiz). Eslatib o‘tamiz, GM Uzbekistan zavodining mahsulotlari Rossiyada aynan shu brend ostida sotiladi. Savdolar hajmining bu qadar yuqori ko‘rstkichni qayd etishiga Sibir shaharlarida yangi dilerlik markazlarining ochilishi sabab bo‘lgan deyilmoqda.
“Avtostat.Info” ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yil natijalari bo‘yicha Sibirda eng ko‘p sotilgan avtomobil markalari orasida Porsche (+63,4 foiz). Ushbu kompaniyaning Novosibirsk, Krasnoyarsk, Irkutsk okruglarida rasmiy dilerlari mavjud. Shuningdek, ro‘yxatdan Honda (+61,5 foiz), Mitsubishi (+54,6 foiz), Land Rover (+56,8 foiz) o‘rin olgan.
Top-10 ro‘yxatini Hyundai (+39,9 foiz) hamda Skoda (+42,3 foiz) yakunlab bergan.
Izoh (0)