Amerikaning Apple kompaniyasi iCloud bulutli tizimining xitoylik akkauntlari shifrlash kalitlarini Xitoy serverlarida saqlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Akkauntlarni Amerika serverlaridan Xitoynikiga o‘tkazishni Xitoyning yangi qonunchiligi talab etadi.
“iCloud yangi qonunlarga bo‘ysunishiga qarshi har qanaqasiga harakat qildik, biroq bizning kurashimiz muvaffaqiyat qozonmadi”, — deya ma’lum qildi Apple.
Avval hukumat kalitlarni olish uchun Amerika sudining ruxsati talab etilsa, endi bu talab etilmaydi.
Izoh (0)