O‘zbekistonning sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirov hibsga olinmagan. Bosh prokuratura Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xodimi Qodirovga nisbatan jinoiy ish ochilgani haqida tarqalgan xabarlarni rasman inkor qildi, deb yozadi “Kun.uz”.
Manba sobiq prokuror bilan bog‘liq hech qanday tergov jarayonlari ham ketmayotganini ta’kidladi.
Bundan avvalroq OAVda Rashidjon Qodirov 22-fevral kuni qo‘lga olingani, unga nisbatan yirik miqdorda davlat mulkini o‘zlashtirish va xorij banklari vositasida pul yuvish amaliyotlari o‘tkazish aybi qo‘yilayotgani hamda unga nisbatan hibsga olish ehtiyot chorasi qo‘llangani haqida xabarlar tarqalgandi.
Respublika Bosh prokurori lavozimida 2000-yil aprelidan faoliyat yuritib 15 yil ishlagan Rashidjon Qodirov 2015-yilning aprelida ishdan bo‘shatilgan edi. U 2015-yil mayidan Respublika Konstitutsion sudi a’zosiga aylangan, ammo 2017-yilning avgustidan sud a’zolari tarkibida uning nomi yo‘q bo‘lib qolgandi.
Izoh (0)