2018-yilning 19-fevral kuni O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Samarqand viloyat bo‘linmasi, liftda qamalib qolgan qariyani qutqardi. Bu haqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
19-fevral kuni 14:55 da Samarqand viloyat FVBning navbatchilik qismi “1050” qisqa raqamiga Samarqand shahrida yashovchi fuqaro S.D. tomonidan ko‘p qavatli uyning liftida qo‘shnisi 1945-yilda tug‘ilgan fuqaro I.M. qamalib qolib, yordam so‘rayotganligi haqidagi xabar kelib tushdi.
Qutqaruv otryadi voqea joyiga 15:05 da yetib bordi. Ularning tezkor harakatlari natijasida qariya liftdan olib chiqildi hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisaning oldi olindi.
Izoh (0)