Rossiya savdo va sanoat vaziri Denis Manturov “Kortej” loyihasining birinchi avtomobillari, jumladan, prezident limuzini qachon tayyor bo‘lishini ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
Vazirning so‘zlariga qaraganda, limuzin may oyida bo‘lib o‘tadigan Rossiya prezidenti inauguratsiyasiga tayyor bo‘ladi.
“Avvaldan muvofiqlashtirilgan avtomobil komplektlarini yetkazishni boshladik. Dekabr oyi oxirida avtomobillarning bir komplektini yetkazdik. Mart oyigacha tajriba ekspluatatsiyasini yakunlash uchun barcha komplektlarni yetkazishimiz lozim. Bu bir nechta limuzin, sedan va minivenlardir”, — deydi u.
Izoh (0)