Pxyonchxanda davom etayotgan qishki Olimpiadada O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Misha Ge o‘z ishtirokini yakunladi.
Figurali uchishning qisqa dasturida Ge 83,90 balla to‘plab, 14-o‘rindan joy olgandi. Erkin dasturda esa u 161,4 ko‘rsatkich bilan 17-pog‘onadan joy oldi. Har ikki chiqishidan so‘ng Misha Ge “Olamsport” nashrining Pxyonchxanda bo‘lib turgan muxbiriga intervyu berdi.
Umumiy olganda chiqishimdan ko‘nglim to‘ldi. Ammo natija bundan yaxshiroq bo‘lishi kerak edi. Yo‘l qo‘ygan xatolarim o‘zimga ayon. Xatolarsiz ishtirok etib bo‘lmaydi. 14-o‘rin yomon natija emas. Endi bor e’tiborimni ikki haftadan so‘ng start oladigan Jahon Chempionatiga qarataman. Xatolarim ustida ishlab, natijamni Olimpiadadan ko‘ra yaxshiroq bo‘lishi uchun harakat qilaman.Misha Ge, figurali uchuvchi
O‘zbekistonlik sportchining umumiy natijasi 244,94 ball bo‘ldi. Shu tariqa Ge 30 nafar sportchi ishtirok etgan figurali uchish musobaqasini 17-o‘rinda yakunladi.
Yana 4 yildan so‘ng umuman boshqacha vaziyat bo‘ladi. Balki murabbiy yoki xoreograf, balki tashkilotchi bo‘lib kelarman Olimpiadaga. Hali bu borada bir to‘xtamga kelmadim. Jahon Chempionatidan so‘ng bu haqda o‘ylab ko‘raman.Misha Ge, figurali uchuvchi
Olimpiadani yaponiyalik Yuzuru Xanyu 317,85 ball bilan chempion sifatida yakunladi. 2-o‘rinni 306,90 ball jamg‘argan boshqa bir yaponiyalik Shoma Uno egalladi. Kuchli uchlikdan ispaniyalik Xavyer Fernandes (305,24) joy oldi.
Izoh (0)