15-fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qirg‘izistonlik hamkasbi Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Suhbat boshida ikki davlat rahbari o‘rtada diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan bir-birini qutladi.
O‘tgan davr ichida ikki qardosh xalq o‘rtasida iliq do‘stlik va qo‘shnichilik munosabatlari o‘rnatilgani ta’kidlandi.
Suhbat chog‘ida ikki davlat rahbarlari o‘zaro tashriflar chog‘ida erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash zarurligiga urg‘u berdi. Shuningdek, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama kun tartibining boshqa masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Suhbat yakunida Shavkat Mirziyoyev va Sooronbay Jeenbekov ikki mamlakat va xalq manfaatlari yo‘lida do‘stlik, qo‘shnichilik va strategik hamkorlikni yana mustahkamlash davom ettirilishini ta’kidladi.
Izoh (0)