India Open xalqaro musobaqasida umumjamoa hisobida birinchi bo‘lgan O‘zbekiston boks terma jamoasi a’zolari davlat tomonidan rag‘batlantirildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Turnirda o‘zbekistonlik besh charm qo‘lqop ustasi oltin medalni qo‘lga kiritgandi. Hukumat ularni 25 million so‘mga loyiq ko‘rdi. Kumush medal sohiblari esa 15 millionlik bo‘ldi. Shuningdek, Hindistondagi turnirga murabbiy sifatida yo‘l olgan To‘lqin Qilichev hamda Marat Qurbonovlar 12 milliondan qo‘lga kiritdi.
Mukofotlanganlar
Xudoynazar Fayzov — 25 000 000 so‘mAyubdulhay Shorahmatov — 25 000 000 so‘mBobo Usmon Baturov — 25 000 000 so‘mIsroil Madrimov — 25 000 000 so‘mBahodir Jalolov — 25 000 000 so‘mIqbol Xoldorov — 15 000 000 so‘mSanjar Tursunov — 15 000 000 so‘m
O‘zbekiston terma jamoasi India Open musobaqasida mezbon Hindiston hamda boksi rivojlangan Kuba termalarini-da ortda qoldirishga muvaffaq bo‘lgandi.
Izoh (0)