Saudiya Arabistoni ulamolar oliy kengashining yetti a’zosidan biri Abdulla al-Mutlaq mamlakatda ayollar doimiy ravishda diniy libosda — abayyada yurishidan voz kechishga chaqirdi. Bu haqda EADaily xabar bermoqda.
“Muslimalarning 90 foizidan ortig‘i dinning barcha ahkomlariga amal qiladi, ammo abayyada yurmaydi, bu nimaligini bilmaydi, shuning uchun biz ham ayollarni abayyada yurishga majbur etmasligimiz lozim”, — dedi diniy arbob.
Oliy martabali diniy xodim birinchi marta bu taxlit fikr bilan chiqishi. Kelajakda bu Saudiya qonunchiligiga tegishli o‘zgartishlar kiritilishi uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkinligi aytilmoqda.
Izoh (0)