Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i tarkibidagi Qurama tog‘ tizmasini o‘z ichiga olgan Ohangaron o‘rmon xo‘jaligi havosi musaffo, suvi zilol va qishning qorli-qirovli kunlarida kishi ko‘zini quvnatadigan, ko‘ngliga sokinlik bag‘ishlaydigan qalin archazorlari bilan alohida ajralib turadi, deb yozadi O‘zA.
Umumiy maydoni 9 ming 220 gektardan iborat bo‘lgan mazkur o‘rmon xo‘jaligining 14-nazorat hududida Zarafshon archasini ko‘paytirishda ilg‘or fan yutuqlaridan, samarali ishlab chiqarish tajribalaridan foydalanilmoqda. Zarafshon archasining bo‘yi 10—15 metr, diametri 1—1,5 metr, shox-shabbasi qalin, sharsimon, piramida yoki yoyiq shakldagi daraxtdir. U urug‘idan ko‘payadi. Urug‘i uchburchak, tuxumsimon, yerga to‘kilgandan so‘ng qulay sharoitda 1—3 yilda unib chiqadi. Katta yoshida ildizi baquvvat bo‘lib rivojlanadi.
Izoh (0)