AQSh milliy xavfsizlik agentligining Merilend shtatida joylashgan shtab-kvartirasi kirishi oldida otishma yuz berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Noma’lum shaxs shtab-kvartira oldidagi to‘siqqa avtomobil bilan kelib urildi, so‘ng o‘t ochdi.
Uch kishi jarohatlandi. Otishmani uyushtirgan shaxs ushlandi.
Voqea joyida maxsus xizmatlar va qutqaruvchilar ishlamoqda.
Izoh (0)