Yaponiya hukumati KXDRga bosim o‘tkazishni davom ettirishni talab qilmoqda va xalqaro hamjamiyatni oxirgi paytlarda Pxenyan olib borayotgan “jilmayishlar siyosati”ga aldanmaslikka chaqirdi. Bu haqda 13-fevral, seshanba kuni Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Shimoliy Koreya raketa dasturini rivojlantirishda davom etmoqda, Pxenyandagi parad buni tasdiqladi. Bu Shimoliy Koreyaning asl mohiyatidir. ‘Jilmayishlar siyosati’ga aldanmaslik zarur”, — deya ta’kidlaydi Suga.
U, shuningdek, Pxenyanning yaqinlashuvi xalqaro bosimni susaytirish istagi bilan bog‘liq ekanligini ta’kidladi.
Izoh (0)