Sinay yarimorolining shimoliy va markaziy tumanlaridagi keng ko‘lamli aksilterrorchilik operatsiyasida ishtirok etayotgan Misr armiya bo‘linmasi o‘n nafar jangarini yo‘q qildi, yana 400 gumonlanuvchini qo‘lga oldi. Bu haqda mamlakat Qurolli kuchlarining 13-fevral, seshanba kuni tarqatilgan bayonotida ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.
Qo‘lga olinganlar orasida chet elliklar ham borligi ta’kidlanmoqda.
Shuningdek, terrorchilar tomonidan foydalanilayotgan 20 ga yaqin transport vositasi, jangarilar omborlari yo‘q qilingan, 80 ga yaqin portlovchi qurilma aniqlanib, zararsizlantirilgan.
Izoh (0)