Kaliforniya universiteti astronomlari quyosh 2050-yilga kelib sovuqroq va nursizroq bo‘lishini bashorat qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Olimlar bu o‘zgarishlar quyosh faolligining “grand-minimumi” natijasi bo‘ladi deb hisoblamoqda. Vaqti-vaqti bilan yuz beradigan mazkur hodisa davomida Quyosh magnit maydoni kuchsizlanadi, kamroq dog‘lar hosil bo‘ladi va ultrabinafsha nurlarini kamroq tarqatadi.
Mutaxassislar o‘z tadqiqotida Quyoshga o‘xshash yulduzlar issiqlik tarqatishini 20 yil davomida kuzatdi va ushbu ma’lumotlar asosida Quyosh XXI asrning o‘rtasiga kelib nursizroq bo‘ladi degan xulosaga keldi.
Quyosh faolligi 11 yil davriylik bilan oshadi va kamayadi.
Izoh (0)