AQShning ko‘p marta qo‘llanuvchi Orion kosmik kemasi 2023-yildan kechiktirmasdan Oy atrofidagi ilk boshqariluvchi parvozni amalga oshiradi. Bu haqda AQShning 2019-moliyaviy yil uchun federal budjeti loyihasi guvohlik beradi, deb yozadi “TASS”.
Mazkur hujjatda ta’kidlanishicha, Orion kapsulasi va uni kosmosga olib chiqish uchun mo‘ljallangan og‘ir tashuvchi raketa Space Launch System (SLS)’ni barpo etish uchun kelgusi moliyaviy yilda 3,7 milliard dollar ajratish belgilangan.
Orion kemasi Lockheed Martin korporatsiyasi tomonidan, SLS raketasi esa Boeing tomonidan konstruksiyalanadi.
Orion kapsulasining ilk boshqarilmaydigan parvozi 2014-yilning dekabrida amalga oshirilgan edi.
Izoh (0)