O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-fevral kuni Eron rahbari Hasan Ruhoniyni Eronning milliy bayrami — Islom inqilobi g‘alabasi kuni munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Eronda 1978-yili ro‘y bergan Islom inqilobi har yilning 11-fevral kuni nishonlanadi.
Izoh (0)