Mashhur aktyor Robert de Niro Dubayda iqlim o‘zgarishlari masalasidagi chiqishida Amerikani vaqtinchalik aqldan ozishdan aziyat chekayotgan mamlakat deb atadi. Bu haqda 11-fevral, yakshanba kuni Associated Press agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“O‘z mamlakatim, Amerika Qo‘shma Shtatlari haqida gapiryapman. ‘Qoloq’ mamlakatmiz deyishni istamasdim, keling, shuning uchun shunchaki vaqtinchalik aqldan ozishdan aziyat chekayapmiz deymiz”, — deydi aktyor.
Robert de Niro avval ham Tramp ma’muriyatini keskin tanqid qilgan gollivudlik aktyorlar qatorida edi.
Izoh (0)