Amerikaning Texas shtatida yashovchi fuqaroga uch nafar farzandi ko‘z o‘ngida rafiqasini o‘ldirish aybi e’lon qilindi. Bu haqda Fox6 TV xabar bermoqda.
Mahalliy politsiyaning rasmiy vakili Jodi Silvaning so‘zlariga qaraganda, Daniel Martines va uning qonuniy rafiqasi Klaudiya Arriaga qattiq tortishib qolgan va bir-biriga baqirgan. Erkak jahl ustida to‘pponchasini chiqarib, rafiqasiga qarata o‘q uzgan.
Ayol voqea joyida halok bo‘lgan. Mojaroga nima sabab bo‘lganligi va ularning farzandlari necha yoshda ekanligiga aniqlik kiritilmagan.
Izoh (0)