Moskva va Orenburg viloyatlari rasmiylari “Saratov avialiniyalari” An-148 samolyoti halokati oqibatida qurbon bo‘lganlar oilalariga qo‘shimcha tovon puli sifatida million rubldan to‘lash haqidagi qarorni qabul qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Bundan tashqari, Rossiya mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Maksim Topilinning ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlarning qarindoshlari ikki million rubl miqdorida sug‘urta to‘lovi va dafn etish uchun 25 ming rubl oladi.
Moskva meriyasi matbuot xizmati An-148 bortida bo‘lgan poytaxtlik 11 fuqaro oilalariga million rubldan bir vaqtda beriladigan badal to‘lanishini ma’lum qildi.
Izoh (0)