Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani sudida fuqaro Maman Munajovga nisbatan qo‘yilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi boshqa jazo turiga almashtirilib, u sud zalidan ozod etildi, deb xabar berdi O‘zA.

Foto: Norma

Foto: Norma

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi tomonidan imzolangan memorandumga muvofiq, kafolat xati asosida ozodlikka chiqqan Maman Munajov 1989-yilda tug‘ilgan. Nukus shahridagi Juo‘azshi mahalla fuqarolar yig‘ini Juzim bag‘ ko‘chasida yashaydi.

U Nukus shahar ichki ishlar bo‘limining katta inspektori lavozimida ishlagan davrida ta’magirlikda gumonlanib, qo‘lga olingan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-bandi bilan sudlangan Maman Munajov sud zalidan ozod etildi.

“Yuqorida zikr etilgan memorandum 2017-yil 5-dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi tomonidan imzolangan. Memorandumning asosiy maqsadi yoshlarning komil inson bo‘lib voyaga yetishi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishini ta’minlashga sharoit yaratishdan iborat. Shuningdek, memorandumda bilib-bilmay jinoyat ko‘chasiga kirib qolgan yoshlarni kafolatga olish orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlash yoki sud zalidan ozod qilish bosh maqsadlardan biri hisoblanadi”, — deydi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi huquqshunos-maslahatchisi K.Paluaniyazov.

Memorandum talablarining biri bo‘lgan kafolat xati berish – faqat jinoiy ishi sudda ko‘rilayotgan yoshlarga berilishi nazarda tutilgan. Ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan, jazoni o‘tash muassasalarida jazo o‘tayotgan yoshlarga kafolat xati berish memorandum talablariga kiritilmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zbekiston temir yo‘llari” talabalar uchun chiptalarga 50 foizlik chegirma e’lon qildi
Dunyo
Bayden va Makronning kechki ovqati Oq uyga yarim million dollarga tushdi (video)
Kino
“Malikaning kundaligi”, “Forsaj”, “Joker” — davomi ekranlarga chiqishi kutilayotgan sevimli filmlar