O‘zbekiston Intellektual mulk agentligi Namangan viloyati Norin tumani Dumar qishlog‘i fuqarosi Ulug‘bek Irisboyevga “O‘zbek shashkasi” nomli ixtirosi uchun mualliflik huquqini berdi, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.
Shashkalarning ko‘plab: rus, ingliz, Braziliya, Chexiya, turk, portugal, Kanada, fransuz va boshqa turlari mavjud. Ular bir-biridan o‘yin maydoni va qoidalari bilan farqlanadi.
O‘zbek shashkasi uchun 100 katakli taxta va 40 ta — har bir o‘yinchi uchun 20 tadan dona qo‘llaniladi. 90 yoki 110 katakli taxtadan ham foydalanish mumkin. O‘yinning asosiy o‘ziga xos jihati shashkalar: ular an’anaviysiga qaraganda yirikroq va ikki rang: bir tomondan och, ikkinchi tomondan to‘q rangga bo‘yalgan. O‘yin ikki partiyada: dastlab oq kataklar, so‘ngra qora kataklarda o‘tkaziladi.
Ulug‘bek Irisboyevning hikoya qilishicha, u talabalik yillaridan buyon o‘zbek shashkasini yaratishni orzu qilgan. Unga bu ishda qizi va jiyani yordam bergan, ular birgalikda o‘yin qoidalari, nazariyasi va amaliyotini yaratgan.
Izoh (0)