AQSh soliq ta’qibidan yashirin mamlakatlar ro‘yxatida yana bir qatorga ko‘tarilib, birinchi o‘rinni egallagan Shveysariyaga juda yaqinlashdi. Britaniyaning Tax Justice Network nohukumat tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan Financial Secrecy Index ro‘yxati mazkur holatdan guvohlik beradi, deb yozadi “Interfaks”.
Mamlakatlar unda yashiringan kapitallar hajmi va moliyaviy noshaffoflik darajasiga qarab baholanadigan reytingda AQSh 2013-yilda 6-o‘rin, 2015-yilda esa 3-o‘rinni egallagan edi.
Reytingda Shveysariya va AQShdan so‘ng uchinchi o‘rinni Kayman orollari, undan keyingi o‘rinlarni esa Gonkong, Singapur, Lyuksemburg, Germaniya, Tayvan, BAA va Gernsi egalladi.
Buyuk Britaniya ro‘yxatda unga qaram hududlardan alohida taqdim etilgan. Barcha hududlar birgalikda hisoblangan taqdirda Buyuk Britaniya ro‘yxatning birinchi o‘rnidan joy olgan bo‘lar edi.
Dunyodagi eng shaffof mamlakat sifatida Sloveniya (42 foiz) tan olindi.
Izoh (0)