O‘zbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov “Turkiston” san’at saroyida jonli ijroda bo‘lib o‘tadigan konsert dasturini taqdim etadi. Bu haqda Orolmirzo Safarov jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Foto: “Daryo”

“Turkiston” san’at saroyida 22—23-mart kunlari jonli ijroda “Ko‘ngil sog‘inchi” deb nomlangan navbatdagi konsert dasturimizni taqdim qilmoqdamiz. Bungacha ikki marotaba, ilk marta 1998-yilning fevral oyida “Turkiston” san’at saroyida, 2002-yilning 5—6-aprel kunlari Milliy akademik drama teatrida jonli ijroda konsert dasturlarimizni taqdim qilganmiz. Konsertda tayyorgarlik ishlari 10-fevral kunidan boshlanadi.

Orolmirzo Safarov, O‘zbekiston xalq hofizi