Italiyada Rim yaqinidagi Campo Felice tog‘-chang‘i kurortida ko‘chki oqibatida ikki nafar sayyoh halok bo‘ldi. Yana bir sayyohga shikast yetdi. Bu haqda The Local nashri ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Shikastlangan chang‘ichini qutqaruv xizmati vertolyot yordamida shifoxonaga yetkazdi.
Campo Felice — Rimdan 120 kilometr masofada joylashgan Apennin tog‘laridagi kichikroq kurort.
Izoh (0)