Xolmurodov Nozimjon Qosimovich Buxoro viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xolmurodov Nozimjon Qosimovich 1977-yil Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida tug‘ilgan. 1995-yil Turkiya respublikasi Gazi universitetini va 2005-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi-statist.
Ushbu lavozimni egallagunga qadar Nozimjon Xolmurodov O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hududlarning turizm salohiyatini rivojlantirishni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Izoh (0)