“O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga asosan Imom Iso at-Termiziy haqida hikoya qiluvchi filmni suratga olishga hozirlik ko‘rilmoqda. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “O‘zbekkino” matbuot xizmati

Rejissor Abduxalil Mingnorov tomonidan aktyor va aktrisalar guruhi sinovdan o‘tkazilmoqda.

Foto: “O‘zbekkino” matbuot xizmati

Csenariy muhaddis olim — Abu Iso at-Termiziyning hayoti, faoliyati bilan bog‘liq voqealar, uning ustozi — Imom Buxoriy bilan o‘tkazgan mashg‘ulotlari haqidagi hikoyalar asosida yozilgan.

Foto: “O‘zbekkino” matbuot xizmati

Xabar berishlaricha, loyihani amalga oshirishda shayx Abdulaziz Mansur ham o‘zining maslahatlari va ko‘rsatmalari bilan ishtirok etmoqda.