Braziliya prezidenti o‘zining hayot ekanligini rasman tasdiqlamagani uchun San-Paulu shtati ma’muriyati unga ikki oylik nafaqa pulini bermadi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib, O‘zA xabar berdi.
Braziliya prezident Mishel Temer 1999-yilda San-Paulu shtati prokurori lavozimidan nafaqaga chiqqan edi.
Prezident ma’muriyati Mishel Temer davlat ishlari bilan nihoyatda band bo‘lgani uchun ham nafaqa olishga zarur bo‘ladigan hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etolmagan, deb tushuntirish bermoqda.
Braziliya prezidentining sobiq prokuror sifatida oladigan nafaqa puli miqdori oyiga 45 ming real (15 ming dollar)ni tashkil etadi.
Izoh (0)