Yaponiya tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolarini Pxyonchxandagi 2018-yilgi Olimpiadaga safar chog‘ida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar haqida ogohlantirdi. Asosiy xavflar sifatida Koreya yarim orolidagi vaziyat va jinoyatchilik tilga olingan. Bu haqda muassasa saytida aytiladi.
“Koreya yarim orolida yirik tabiiy ofatlar, tartibsizliklar yoki teraktlar, shuningdek, Shimoliy Koreya atrofidagi vaziyatning oldindan aytib bo‘lmasligi xavflarini hisobga olib, tashqi ishlar vazirligida chet elga safarlarni hisobga olish tizimida ro‘yxatdan o‘ting, shunda elchixona shoshilinch hollarda siz bilan bog‘lana oladi hamda siz safar xavfsizligi haqida so‘nggi ma’lumotlarni ololasiz”, — deyiladi hujjatda.
Tashqi siyosiy idora ta’kidlashicha, Janubiy Koreyada qotilliklar Yaponiyadagiga nisbatan 2,5 marta, o‘g‘irliklar esa 1,2 marta ko‘proq amalga oshiriladi.