Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi ekstremizmda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan MDH davlatlaridan birining fuqarosi bo‘lgan jinoyatchini qo‘lga oldi, deb xabar berdi “Interfaks”.
Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Qirg‘iziston hududida ayirmachilik faoliyatini amalga oshiruvchi yer osti terrorchilik kameralari faoliyatini bartaraf etish maqsadida olib borilgan terrorizmga qarshi kurash chora-tadbirlari chog‘ida 1971-yilda tug‘ilgan, sodir etgan jinoyatlar uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan MDH mamlakatlaridan birining fuqarosi qo‘lga olingan.
“Qo‘lga olingan shaxs o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun qalbaki hujjatlardan foydalangan, jumladan, Qirg‘iziston fuqarosining pasportidan ham, shuningdek, u xalqaro terrorchilik tashkiloti rahbarlarining buyrug‘iga asosan Farg‘ona vodiysida odamlarni yo‘llash bo‘yicha plasdarm yaratgan”, — deyiladi xabarda.
Ayni vaqtda jinoyatchi vakolatli organlarning vakillariga topshirilgan.
Izoh (0)