Istanbulda avtobus bekatga urilishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Bundan tashqari, besh kishi jarohatlandi.
Voqea 1-fevral kuni ertalab shaharning Uskudar tumanida ro‘y berdi.
Aytilishicha, avtobus dastlab boshqa avtobus bilan to‘qnashgan, shundan so‘ng haydovchi boshqaruvni qo‘ldan chiqargan va bekatga kelib urilgan.
Izoh (0)