Buyuk Britaniya TIV rahbarining doimiy o‘rinbosari Saymon MakDonald o‘z xodimlariga sichqon ovlovchi xizmat mushugi Palmerstonni ovqatlantirishni taqiqladi. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Bunday chora ko‘rishga idorada tarqalgan mish-mishlar sabab bo‘lgan. Unga ko‘ra, Palmerston vazirlik xodimlari tomonidan tez-tez ovqatlantirilgani sababli mushuk o‘zining asosiy vazifasi bo‘lgan sichqon ovlashni uddalay olmayapti.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Palmerston xizmatning birinchi yilida 27 ta kemiruvchini ushlagan. Bu ko‘rsatgich bilan u bosh vazirning o‘z vazifasini bajarmaganlikda va sichqonlar bilan o‘ynaganlikda ayblangan Larri laqabli sichqon ovlovchi mushugidan o‘zib ketgan.
Izoh (0)