Huquq-tartibot idoralari xodimlari yirik miqdordagi o‘g‘rilik hodisasini fosh etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.
“21-yanvar kuni soat taxminan 19:30 larda noma’lum shaxs Chilonzor tumani hududida joylashgan do‘konda Alimov Asomjon Asrarovichning erkaklar sumkasi va uning ichida bo‘lgan 5500 dollar, 330000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini, shuningdek A.A. Alimovning muhim shaxsiy hujjatlarini egallab olib, jinoyat joyidan yashiringan”, — deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan JKning 169-moddasi 2-qismi “b” bandi (o‘g‘rilik, ya’ni ancha miqdorda o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) va 227-moddasi 2-qismi “a” bandi (muhim shaxsiy hujjatlarni egallash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida mazkur jinoyatni 1974-yilda tug‘ilgan Urazov Mahmud Pulatovich sodir etganligi aniqlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismining har qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.
Izoh (0)