Ispaniyaning Byenvenida qishlog‘ida dunyodagi eng keksa erkak hisoblangan 113 yoshli Fransisko Nunyes Oliveyra vafot etdi. Bu haqda The Local nashri xabar berdi, deb yozadi Daily Afisha.
Oliveyra 1904-yilda Byenvenidada dunyoga kelgan. Uning to‘rt nafar farzandi, to‘qqiz nabirasi va 15 evarasi bor.
U o‘zining uzoq yashash sirini dalada ishlash va qishloqning bir maromdagi yashash tarzida deb ataydi. 90 yoshgacha u sog‘lig‘idan shikoyat qilmagan.
Hozirda sayyoradagi eng keksa erkak nomiga 1905-yilda dunyoga kelgan yaponiyalik Masadzo Nonaka va nemis Gustav Gernet da’vogarlik qilmoqda.
Izoh (0)