Turkiya harbiy-havo kuchlari Suriyaning Afrin tumanida “Zaytun butog‘i” operatsiyasini boshlaganidan bu yerda 557 jangari o‘ldirildi. Bu haqda Turkiya bosh shtabi bayonot berdi, deb xabar qiladi “Vestnik Kavkaza”.
Operatsiyada 13 samolyot ishtirok etdi, ularning barchasi bazaga muvaffaqiyatli qaytib keldi. Ikki harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, ikki nafari yaralandi.
Ayni paytda operatsiya reja asosida davom etmoqda.
Izoh (0)