Amerikalik aktrisa va rejissor Anjelina Joli qizlari Zaxara va Shayloni Iordaniyadagi suriyalik qochoqlar bilan uchrashuvga birga olib bordi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Foto: “Gazeta.ru”

Uchrashuv 28-yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar “Zaatari” lagerini ko‘zdan kechirdi, shuningdek TIGER ta’lim loyihasida ishtirok etayotgan qizlar bilan suhbatlashdi.

11 yoshli Shaylo uchun mazkur safar shu turdagi uchrashuvlarning uchinchisi bo‘ldi, 13 yoshli Zaxara uchun esa — birinchisi.

Foto: People

Lagerda so‘zlagan nutqida Joli hozirgi paytda qochoqlarning aksariyati moliyaviy qiyinchiliklar girdobida ekanligini, ko‘pchilik bir kunda uch dollardan kamroq mablag‘ sarflash evaziga yashayotganini ma’lum qildi.

Aktrisaning qayd etishicha, insonparvarlik yordami bu uzoq muddatga mo‘ljallangan yechim emas, shu sababli hozirgi vaziyatdan chiqishning boshqa yo‘lini topish zarur.

Foto: People