15-yanvar kuni Moskva shahridagi Tishinka savdo-ko‘rgazma markazida “Do‘ppi” Sharq bozori ko‘rgazmasi ish boshladi. Bu haqda “Kultura.uz” xabar bermoqda.
Ko‘rgazmada O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan kompaniya va hunarmandlar ham ishtirok etmoqda.
“Do‘ppi” moskvaliklar va ushbu shahar mehmonlarini MDH mamlakatlari va Rossiyaning madaniy-badiiy, tarixiy merosi, shuningdek Rossiya bozoriga chiqmoqchi bo‘lgan korxonalar bilan tanishtiradi.
Mazkur tadbir muntazam ravishda ko‘rgazma sifatida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, ko‘rgazmada har yili O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan tobora ko‘proq korxonalar mahsulotlari namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)