Saudiya Arabistonida yuz bergan yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, yana besh kishi, jumladan, ikki bola tan jarohati oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hodisa Jazan ma’muriy okrugida yuz bergan. Khaleej Times nashri ma’lumotlariga ko‘ra, to‘y marosimiga yo‘l olgan oila a’zolarini olib ketayotgan avtomobil yuk mashinasiga borib urilgan.
Aniqlik kiritishlaricha, hodisa oqibatida yetti ayol halok bo‘lgan. Besh jabrlanuvchi yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan.
Izoh (0)