Fransiya poytaxtida Sena daryosi suvi sathi so‘nggi bir necha kunlar ichida besh metrga yetdi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Daryo qirg‘oqlardan toshib ketishi natijasida ko‘plab ko‘chalar suv ostida qoldi. Sena qirg‘oqlari yaqinida joylashgan Luvr muzeyi rahbariyati suv toshqini xavfi tufayli san’at asarlari pastki qavatlardan yuqori qavatlarga o‘tkazilishini ma’lum qildi. Fransiyaning SNCF temir yo‘l kompaniyasi esa xuddi shu xavf sababli shahar tashqarisiga qatnovchi tezyurar poyezdlar tizimidagi oltita stansiya yopilishini e’lon qildi. 27-yanvar, shanba kungacha Parijdagi vaziyat yomonlashib, suv sathi yanada ko‘tarilishi kutilmoqda.
Suv ostida qolgan Eyfel minorasi: Parijdagi suv toshqini oqibatlari (fotogalereya)
×
Izoh (0)