O‘zbekiston va Gruziya to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaaloqani yo‘lga qo‘yishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Gruziya parlamenti raisi Irakliy Koxabidze Toshkentga amalga oshirgan tashrifi yakunlariga ko‘ra ma’lum qildi, deb xabar beradi 1News.
Uning so‘zlariga qaraganda, tashrif doirasida hamkorlikning konkret masalalari ko‘rib chiqilgan.
“Gap parlamentlararo hamkorlik, shuningdek, iqtisodiy aloqalar haqida ketdi, jiddiy istiqbollar belgilandi”, — qo‘shimcha qildi I. Koxabidze.
Tashrif yakunlariga ko‘ra parlamentlararo hamkorlik yuzasidan memorandum imzolandi.
Izoh (0)