O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Slovakiyaning favqulodda va muxtor elchisi Yan Borini qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Elchi ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.
Muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro savdo-sotiqni yanada rivojlantirish, raqobatbardosh mahsulotlarni yetkazib berishda salmoqli salohiyatga egaligi, shu bois O‘zbekiston va Slovakiya tadbirkorlari o‘rtasidagi aloqalarni rag‘batlantirish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.
Uchrashuvda, shuningdek, ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)