KXDR bir necha oydan so‘ng AQShga yadro zarbasi berishga qodir bo‘ladi. Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Mayk Pompeo CBS’ga bergan intervyusida Shimoliy Koreya qachon AQShga zarba berishga qodir bo‘lishi haqidagi savolga javob berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Gap bir necha oy haqida bormoqda. Markaziy razvedka boshqarmasi direktori so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya yadro dasturi kengaymoqda, jangovar kallaklar esa kuchliroq va ishonchliroq bo‘lib bormoqda.
“Albatta, bir yildan so‘ng deb aytishdan mamnun bo‘lardim... AQSh hukumati bu lahza imkon boricha kechroq yuzaga kelishi ustida tinimsiz ish olib bormoqda”, — dedi Pompeo.
Izoh (0)